2-TIPI QANDLI DIABETLI BEMORLARDA YUZ NERVINING DIABETIK NEYROPATIYASINING KLINIK-NEVROLOGIK XUSUSIYATLARI VA KECHISH VARIANTLARI

##article.authors##

  • Adambayev Zufar Ibragimovich
  • Eminova Nigoraxon Ibragimovna

##article.subject##:

2-turi qandli diabet, yuz nervi neyropatiyasi, Bell falaji, klinikasi, diagnostika, polineyropatiya.

##article.abstract##

Maqsad. 2-turi qandli diabet (2TQD) bilan og‘rigan bemorlarda yuz nervi neyropatiyasining (YNN) klinik ko‘rinishlari xususiyatlari va kechish variantlarini o‘rganish.

Materiallar va usullar. Tadqiqotda o‘tkir periferik mimika falaji bilan 120 nafar bemor ishtirok etdi. Asosiy guruhni 2TQD va YNN bilan og‘rigan 60 nafar bemor, taqqoslash guruhini esa uglevod almashinuvi buzilishi bo‘lmagan idiopatik yuz nervi neyropatiyasi bilan og‘rigan 60 nafar bemor tashkil etdi. Nevrologik ko‘rik, House-Brackmann shkalasi bo‘yicha baholash, glikozilangan gemoglobin (HbA1c) darajasini tahlil qilish o‘tkazildi.

Natijalar. 2TQD bilan og‘rigan bemorlarda yuz nervi zararlanishining ikki tomonlama (6,7% ga nisbatan 0%) va qaytalanuvchi kechishi (15% ga nisbatan 3,3%) ko‘proq uchrashi aniqlandi. Diabetik YNN klinikasi kamroq o‘tkir boshlanish, prodromal davrda quloq sohasida og‘riq sindromining kuchayishi va og‘ir parezlar shakllanishiga moyillik (House-Brackmann bo‘yicha III-V daraja 68,3% hollarda) bilan xarakterlanadi. Asosiy guruhda uyg‘un keluvchi distal polineyropatiya chastotasi 78,3% ni tashkil etdi.

Xulosa. Yuz nervining diabetik neyropatiyasi metabolik buzilishlarni inobatga olgan holda differensiyalashgan terapevtik yondashuvni talab qiladigan xarakterli klinik-nevrologik xususiyatlarga ega.

Библиографические ссылки

O'Rourke IA, et al. Global burden of diabetes, 1990-2021. Lancet. 2023;402(10396):117-134.

Dedov II, Shestakova MV. Сахарный диабет в Российской Федерации: эпидемиология, социоэкономические аспекты, качество жизни больных. Sakhar. Diab. 2020;23(4):334-343.

Tesfaye S, Boulton AJM. Neuropathy in Diabetes: A Concise Clinical Guide. Cambridge: Cambridge University Press; 2020.

Callaghan BC, Little RL, Feldman AA, Feldman EL. Diabetic Neuropathy: An Update. Curr Opin Neurol. 2022;35(5):507-513.

Feldman EL, Smith JA, Zochodne L. Diabetic Neuropathy: Pathogenesis and Therapy. Lancet Neurol. 2019;18(12):1145-1155.

Huang YW, Hsieh HY, Chen SY. Diabetes mellitus is associated with Bell's palsy: A population-based cohort study. Laryngoscope. 2018;128(10):2373-2377.

Morozov SP, Skvortsov AA. Особенности поражения черепных нервов при сахарном диабете 2 типа. Zh Nevrol Psikhiatr Im S S Korsakova. 2021;121(8):58-64.

Zochodne DW. Diabetes mellitus and the peripheral nervous system: manifestations and mechanisms. Muscle Nerve. 2020;59(1):11-20.

Kanis W, Strack van Schijndel K, van den Boer JG. Prognostic factors in Bell’s palsy: A systematic review and meta-analysis. J Neurol. 2019;266(2):463-471.

Sullivan F, Smith P. Prognosis and Recovery in Diabetic Patients with Facial Nerve Paralysis. Otolaryngol Head Neck Surg. 2021;165(3):502-507.

Uscategui T, Dorrepaal M, Garcia J. Corticosteroids for Bell’s palsy (idiopathic facial paralysis). Cochrane Database Syst Rev. 2020;12:CD001942.

Ametov AS, Gorelyshev VA. Клиническая неврология диабета: от классики к персонализированной медицине. Nerv. Bolezni. 2022;1(3):4-12.

Загрузки

##submissions.published##

2026-03-25