INTERNETGA QARAMLILIGI MAVJUD SPORTCHILARDA PSIXOEMOTSIONAL BUZILISHLAR VA MIKRONUTRIENT STATUS XUSUSIYATLARI

##article.authors##

  • Doniyorov Baxriddin Baxrom o'gli
  • Abdullayeva Nargiza Nurmamatovna
  • Mavlyanova Zilola Farxadovna
  • Ashurov Rustamjon Furqatovich
  • Shamsiyev Eldor Aslidinovich

##article.subject##:

internetga qaramlik, sportchilar, tashvish, depressiya, emotsional kuyish, D vitamini, B guruhi vitaminlari, mikronutrient status

##article.abstract##

Maqolada internetga qaramlikning turli darajalariga ega bo‘lgan sportchilarda psixoemotsional buzilishlar va mikronutrient status xususiyatlarini o‘rganish natijalari keltirilgan. Tadqiqotda 16–21 yoshdagi, atsiklik (o‘yin) va siklik sport turlari bilan shug‘ullanuvchi 96 nafar sportchi ishtirok etdi. Internetga qaramlik darajasi K. Youngning Internet Addiction Test (IAT) so‘rovnomasi yordamida baholandi. Psixoemotsional holat Spilberger–Xaninning tashvish shkalasi, Bekning depressiya shkalasi hamda emotsional kuyish so‘rovnomasi yordamida o‘rganildi. Qo‘shimcha ravishda qon zardobida D, B1, B6 va B12 vitaminlari miqdori aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, internetga qaramlikning o‘rtacha va yaqqol shakllari atsiklik (o‘yin) sport turlari vakillarida ko‘proq uchrashi aniqlandi. Internetga qaramlik kuchayishi bilan sportchilarda tashvish darajasi, depressiv holatlar va emotsional kuyish ko‘rsatkichlari ishonchli ravishda oshib borgan (p < 0,01). Eng yaqqol psixoemotsional buzilishlar o‘yin sporti vakillarida kuzatildi. Mikronutrient status tahlili internetga qaramlik darajasi oshgani sari D, B1, B6 va B12 vitaminlari miqdori kamayishini ko‘rsatdi. Mikronutrient yetishmovchiligi ham ko‘proq atsiklik sport turlari sportchilarida uchradi. Olingan natijalar internetga qaram xulq-atvor sportchilarda psixoemotsional buzilishlar va mikronutrient status o‘zgarishlari bilan o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari sportchilarda internetga qaramlikni erta aniqlash va psixoemotsional holat hamda mikronutrient disbalansni korreksiya qilishga qaratilgan kompleks profilaktik tadbirlarni ishlab chiqish zarurligini tasdiqlaydi.

Библиографические ссылки

Менделевич Владимир Давыдович Психология девиантного поведения / В.Д. Менделевич. — СПб.: Речь, 2018. — 445 с.

Старшенбаум Геннадий Владимирович Аддиктология: психология и психотерапия зависимостей / Г.В. Старшенбаум. — М.: Когито-Центр, 2017. — 368 с.

Егоров Алексей Юрьевич Нехимические зависимости / А.Ю. Егоров. — СПб.: Речь, 2019. — 190 с.

Короленко Цезарь Петрович, Дмитриева Нина Валентиновна Аддиктивное поведение. Общая характеристика и закономерности развития / Ц.П. Короленко, Н.В. Дмитриева. — Новосибирск: Наука, 2018. — 256 с

Макарова Галина Александровна Спортивная медицина / Г.А. Макарова. — М.: Советский спорт, 2020. — 480 с.

Родионов Александр Владимирович Психология физического воспитания и спорта / А.В. Родионов. — М.: Академический проект, 2019. — 576 с.

Henrietta Cash et al. Internet Addiction: A Brief Summary of Research and Practice // Current Psychiatry Reviews. — 2012. — Vol. 8(4). — P. 292–298.

John J. Cannell Vitamin D and brain health: the need for vitamin D supplementation and sensible sun exposure // Medical Hypotheses. — 2008. — Vol. 70(2). — P. 332–336.

Kimberly Young Internet Addiction: The Emergence of a New Clinical Disorder // CyberPsychology & Behavior. — 1998. — Vol. 1(3) — P. 237–244.

Mark Griffiths Internet addiction: Fact or fiction? // The Psychologist. — 1999. — Vol. 12. — P. 246–250.

Загрузки

##submissions.published##

2026-06-22