SURUNKALI LIMFOLEYKOZ BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA KOGNITIV BUZILISHLAR

##article.authors##

  • Eshchanova Guzal Bakpo‘latovna
  • Matmurodov Rustambek Jumanazarovich
  • Babadjanov Jasurbek Kamiljanovich
  • Jumanazarova Shahzoda Rustambekovna

##article.subject##:

surunkali limfoleykoz, nevrologik asoratlar, kognitiv buzilishlar

##article.abstract##

Maqsad. Surunkali limfoleykoz kasalligi bilan og'rigan bemorlarda kognitiv buzilishlarni o‘rganish. Material va usullar. Surunkali limfoleykoz bilan og‘rigan 130 nafar bemor O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika gematologiya va transfuziologiya Ilmiy tekshirish Markazi Xorazm filialida (O‘zR SSV RGvTITMXf) tekshiruvdan o‘tkazildi. Ilmiy tadqiqotlar 2014 yildan 2023 yilgacha statsionar ravishda yotib davolangan surunkali limfoleykoz bilan og‘rigan bemorlar natijalari asosida olindi. Shulardan 71 nafarini erkaklar (54,6%) va 59 nafarini ayollar (45,4%) tashkil qildi. Erkaklar va ayollar nisbati 1,2:1. Bemorlar 46 yoshdan 86 yoshgacha bo‘lgan bemorlardan iborat bo‘ldi, shu jumladan 13 yoshdan 44 yoshgacha -13 nafar bemorlar (15,5%), 45 yoshdan 59 yoshgacha – 25 nafar bemorlar (29,8%), 60 yoshdan 74 yoshgacha - 37 nafar bemorlar (44,0%), 75 yoshdan katta - 9 nafar bemorlar (10,7%)dan iborat bo‘ldi. Bemorlarning o‘rtacha yoshi 64,07±9,56 yil (p<0,05). Surunkali limfoleykoz kasalligi bilan og‘rigan bemorlarning kognitiv funksiyalari Monreal kognitiv funksiyalarni baholash shkalasi (MoCA) yordamida baholandi. Shapiro-Wilk testi MoCA shkalasi taqsimotining normalligini baholash uchun ishlatildi. Shapiro-Wilk testlari belgining taqsimlanishi normal emasligini ko'rsatganligi sababli, tadqiqot boshida va 3 oydan keyin natijalarning qiymatlarini solishtirish uchun noparametrik Wilcoxon sinovlari o'tkazildi. Natijalar. Tadqiqot boshlanganda 130 nafar bemorning 78,46%da kognitiv buzilishlar kuzatildi (MoCA<26), 33,85% esa xotira yoʻqolishidan shikoyat qildilar. MoCA shkalasi boʻyicha oʻrtacha ball 23 ballni tashkil qildi. Tadqiqot boshlangandan 3 oydan soʻng, 122 nafar bemorlarning 81.97%da kognitiv buzilishlar kuzatildi (MoCA<26). MoCA shkalasi boʻyicha oʻrtacha ball 23 ballni tashkil qildi. MoCA shkalasining normal koʻrsatkichlarga ega boʻlgan bemorlarning oʻrtacha yoshi 55,91±8,5 yoshni, kognitiv buzilishlar kuzatilgan bemorlarda esa
65,94±8,43 yoshni tashkil qildi. Wilcoxon testi tadqiqot boshida va vaqt oʻtishi bilan MoCA ballarida statistik jihatdan muhim farqlarni koʻrsatdi. Bemorlarda MoCA shkalasi koʻrsatkichlarini tahlil qilganda, xotira sohalarida eng katta pasayish qayd etildi, ya’ni koʻruv-konstruktiv koʻnikmalar, ijro etish va ijodkorlikning sekinlashishi kuzatildi. Nutq, e'tibor va fikrlash kamroq darajada shikastlandi. Xulosa. Kognitiv buzilishlar davolanish rejimiga rioya qilmaslik va kasalxonada qolish bilan bogʻliq qiyinchiliklarga va hayot sifatining pasayishiga olib keladi. An'anaviy davolash sxemalari va qon quyish protokollari koʻpincha kortikosteroidlar, benzodiazepinlar va antixolinergik dori vositalar kabi kognitiv vazifani yanada buzilishiga sabab boʻladigan dorilarni oʻz ichiga oladi. Har qanday oʻsma kasalligini davolash mavjud buzilishlarni chuqurlashtiradi.

Загрузки

##submissions.published##

2025-11-19