ALISHER NAVOIY “BADOYI’ UL-BIDOYA” DEVONIDA NUBUVVAT MASALASI VA MASIH OBRAZI TALQINI
##article.subject##:
Navoiy lirikasi, ilohiy obraz, Masih obrazi, poetik funksiya, badiiy talqin, jonbag‘shlik, g‘azal janri, lirik qahramon##article.abstract##
Ushbu ilmiy maqola Alisher Navoiy she’riyatining obraz va timsollar olami tadqiqiga bag‘ishlanadi. Ma’lumki, Sharq, xususan, Alisher Navoiy lirikasi obrazlar tizimida ilohiy, adabiy va tarixiy siymolar tavsifi sermahsul o‘rin egallaydi. Bunda ilohiy timsollar tavsifi uchun samoviy kitoblar: Zabur, Tavrot, Injil, Qur’on, adabiy timsollar tasvirida og‘zaki-yozma asarlar, tarixiy shaxslar talqini uchun esa tarixiy-badiiy yodnomalar manba bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur maqolada esa Alisher Navoiyning “Badoyi’ ul-bidoya” lirik devonida ilohiy manbalar asosida tarkib topgan Masih obrazibadiiy talqini masalasi haqida fikr yuritiladi. Alisher Navoiy she’riyatida Masih obrazi ikki yuzdan ortiq qo‘llanilgan bo‘lsa, shundan “Badoyi’ ul-bidoya” devonida etmish marta tilga olinadi. Bu esa “Badoyi’ ul-bidoya” lirik devonida Masih obrazi tavsifi boshqa devonlariga qaraganda salmoqli ekanligini ko‘rsatadi. Shu bois mazkur maqolada shoirning ilk devoni “Badoyi’ ul-bidoya” asosida Masih obrazi bajargan poetik manzaralar ochib beriladi. Ushbu devonda Masih obrazi asosan g‘azal janrida ifodalanadi. Maqolada bu timsol bajargan poetik vazifalar misollar orqali tahlil etiladi va bu funktsiyalarning badiiy ifoda etilishi xususiyatlari ochib beriladi.
Библиографические ссылки
Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. O‘n jildlik. – Toshkent: O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012.
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. Birinchi tom. Badoyi’ ul-bidoya. – Toshkent: Fan, 1987. – 724 b.
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. Ikkinchi tom. Navodir un-nihoya. – Toshkent: Fan, 1987. – 620 b.
Ahmad Yassaviy. Hikmatlar. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1991. – 256 b.
Boyqaro Husayn. Risola. – Toshkent: Sharq, 1991. – 24 b.
Girgas V.F. Arabsko-russkiy slovar k Koranu i xadisam. – SPb.: IZDATEL’STVO DILYa. 2006. – 928 s.
Jurovskiy A.V. Xristianstvo i Islam. – M.: Nauka, 1990. –128 s.
Karomatov H. S. Xo‘rlangan payg‘ambarlar g‘alabasi. – Toshkent: Meros, 1996. – 98 b.
Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati. 1-tom.– Toshkent: Fan, 1983. – 625 b.
Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati. 2-tom.– Toshkent: Fan,1983. – 625 b.
Nosiriddin Burhoniddin Rabg‘uziy. Qisasi Rabg‘uziy. 1-kitob. – Toshkent: Yozuvchi, 1990. – 240 b.
Nosiriddin Burhoniddin Rabg‘uziy. Qisasi Rabg‘uziy. 2-kitob. – Toshkent: Yozuvchi, 1991. – 272 b.
Piotrovskiy M. B. Koranicheskie skazaniya. – Moskva: Nauka, 1991. – 218 s.
Salohiy D. “Badoe’ ul-bidoya” malohati. – Toshkent: Fan, 2004. – 135 b.
Tasavvuf adabiyoti lingvopoetikasi (Ilmiy maqolalar to‘plami). – Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2010. – 167 b.
Haqqulov I. Navoiyga qaytish. – Toshkent: Fan, 2007. – 224 b.
Haqqulov I. Taqdir va tafakkur. – Toshkent: Sharq, 2007. – 334 b.
Sharq mumtoz poetikasi. Birinchi kitob (Nashr. tayyorlovchi, talqin va sharhlar muallifi H. Boltaboyev). – Toshkent: Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. – 430 b.
Shoev Z.Dj. Uchenie monoteisticheskix religiy o prorochestve i ego razvitie v islame. Avt. kand. diss. po filosof. nauk. – Dushanbe, 2011. – 25 s.
Qur’oni Karim (Tarjima va izohlar muallifi Alouddin Mansur). – Toshkent: Cho‘lpon, 1992. – 544 b.