LINGVOMADANIY KOD KONSEPTLARNI TAVSIFLASH USULI SIFATIDA

##article.authors##

  • F. Usmanov

##article.abstract##

ANNOTATSIYA

Ma’lumki, metoforizatsiya dastavval kognitiv faoliyat natijasidir. Uning lisoniy voqelanish shakllari turlicha bo‘lib, madaniyatning o‘ziga xos ifodalarini yuzaga keltiradi. Lingvomadaniyatshunoslik esa til birliklarini ma’lum vaziyatlardagi qo‘llanishlari bilan bog‘liq holda o‘rganib, shu til mansub bo‘lgan madaniyat stereotiplari, meyor va qadriyatlari xususida ma’lum xulosalar berishi kerak. Shu ma’noda mazkur maqolada lingvomadaniy konseptlar obraz, ramz va metaforalar uyg‘unligida – lingvomadaniy kod sifatida o‘rganilgan. Lisoniy belgi, madaniy va lingvomadaniy kodlar farqlanib, lisoniy belgilarning madaniy kontekstda xabarning mazmunini, vazifasini hamda undagi axborot yukini o‘zgartirishi asoslangan. Lingvodaniy kodda mifologik simvolizm izlari saqlanib, har qanday lingvomadaniy kod o‘zining asosi – madaniy kodga ishora qilishi, shu jahatdan til barcha kodlar ichida ifoda universalligi bilan ajralib turishi dalillangan.

          Kalit so‘zlar: тил, маданият, белги, код, лингвомаданий код, изоморфлик, метафора, универсал предмет коди, категоризация.

Загрузки

##submissions.published##

2024-06-29

##issue.issue##

##section.section##

Статьи