OT SOʻZ TURKUMIDA SON GRAMMATIK KATEGORIYASINING IFODALANISHI

##article.authors##

  • S. Alimova

##article.abstract##

ANNOTATSIYA

Ot soʻz turkumining muhim grammatik kategoriyasi hisoblanadigan son shaklisoʻzlarning son jihatidan bitta yoki koʻp boʻlishini koʻrsatuvchi shakl boʻlib, otlarda ziddiyat holida boʻlgan birlik va koʻplik maʼnosi va bu maʼnoni ifodalovchi shakllar sistemasi grammatik son kategoriyasini tashkil qiladi.  Tilshunoslikda otning grammatik kategoriyalari orasida muhimlik kasb etuvchi son paradigmasi oʻziga xos shakl va qoʻllanilish doirasiga ega boʻlib, bu mavzu doimo tadqiqotlar uchun dolzarbligini yoʻqotmaydi.

 Oʻzbek tilida son kategoriyasining ikki shakli mavjud: birlik va koʻplik. Birlikdagi ot birlik va noaniq koʻplik ma’nosini bildiradi. Maxsus shakli yoʻq. Shuningdek, hozirgi oʻzbek adabiy tilida arab tilidan oʻzlashgan soʻzlarda koʻplikning ifodalanishini ham kuzatish mumkin. Maqolamizda son kategoriyasining turli holatlarda ifodalanishi koʻrib chiqiladi.

Kalit soʻzlar: son grammatik kategoriyasi, birlik va koʻplik, koʻplikning grammatik va stilistik xususiyatlari.

Загрузки

##submissions.published##

2024-05-04

##issue.issue##

##section.section##

Статьи