NEMIS-O‘ZBEK LISONIY ALOQALARI HAMDA BU TILLARDA TILNING SOFLIGINI SAQLASH MASALASI

##article.authors##

  • A. Axmedov

##article.abstract##

 ANNOTATSIYA

Maqola nemis-o‘zbek lisoniy va madaniy aloqalari, shuningdek mazkur tillarda tilning sofligini saqlash masalasi, purizmning shakllanishi, uni yuzaga keltiruvchi omillar, puristik harakat bosqichlari kabilardagi umumiy o‘xshash va farqli xususiyatlarni tadqiq etishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning dolzarbligi bugungi kunda tillarning sofligini saqlash, chet so‘zlardan himoya qilish, qolaversa milliy tillarning mustaqil madaniy til sifatidagi maqomini mustahkamlash kabi masalalarni tahlil qilish bilan belgilanadi. Tadqiqotning maqsadi nemis va o‘zbek tillarida purizmning shakllanishi, taraqqiyot bosqichlari va ko‘rinishlarini chog‘ishtirma aspektda o‘rganish, umumiy o‘xshash va farqli xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda tavsifiy, qiyosiy-tarixiy, qiyosiy-chog‘ishtirma kabi qator lingvistik tadqiqot metodlaridan foydalanilgan. Asosan, chog‘ishtirma aspektda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida nemis va o‘zbek tillarida puristik harakat ona tiliga nisbatan qo‘rquvdan kelib chiqqani, har ikkala puristik harakatda ham purizm va millatchilik o‘rtasida chambarchas bog‘liqlik mavjudligi, chet so‘zlar muammosining metodologik talqini masalasi, har ikki puristik harakatning til jamiyatlarini tuzishga bo‘lgan urinishlarida ham umumiy o‘xshash xususiyatlar mavjudligi aniqlangan. Shu bilan birga nemis va o‘zbek tillarining sofligini saqlash borasida amalga oshirilgan harakatlarda o‘ziga xos farqli xususiyatlar mavjudligi tadqiqotda o‘z tasdig‘ini topgan.

Kalit so‘zlar: nemis-o‘zbek lisoniy va madaniy aloqalari, purizm, purizm bosqichlari, adabiy til meyorlari, til tugaraklari va jamiyatlari.

Загрузки

##submissions.published##

2024-05-04

##issue.issue##

##section.section##

Статьи