TURISTIK DISKURSNING LINGVISTIK MAQOMI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada turistik diskursning muhim jihatlaridan biri - janr xilma-xilligi, yani verbal (og'zaki) va noverbal (yozma yoki bosma) janrlardan iboratligi keltirilgan. Hamda turizm diskursi turizm xizmatlarini taqdim etuvchilar, bu xizmatlarni taqdim etayotgan shaxslar va turli vaziyatlardagi iste'molchilarning muloqotni optimallashtirish ehtiyojlariga moslashgan ma'lum bir janrlar to'plamiga tayanishi tahlil qilingan. Turistik diskursdagi lingvistik holatni o'rganish turizmning dinamikasi va ta'sirini global darajada tushunish uchun markaziy o'rinni egallaydi. Globallashuv davrida, turizm yanada qulay va keng tarqalayotgan bir paytda, turizm nutqining lingvistik jihati alohida ahamiyatga ega. To'plangan material va turistik diskursga bag'ishlangan ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, bizga quyidagi janrlarni ajratib ko'rsatish imkonini berdi: to'g'ridan-to'g'ri muloqotning og'zaki turida; vositachilik qilinadigan og'zaki turi; bosma matnlarning yozma turi; kompyuter orqali vositachilik qilinadigan yozma turidir. Ba'zi janrlar ilmiy adabiyotlarda avvalroq qisman tahlil qilingan, masalan, reklama maqolasi, prospekt va broshyura, ekskursiya, turistik agentlik veb-sayti, sayohatchi sharhi, shuning uchun biz turistik diskursning xususiyatlarini o'zida mujassamlashtirgan, pragmalingvistik murakkablik bilan ajralib turadigan va avval to‘liq o'rganilmaganlarni batafsil tavsiflashga harakat qildik.
Kalit so’zlar: turistik diskurs, ekskursiya, turistik qo‘llanma, institutsional nutq, polifoniya, potentsial turist, kommunikativ taktika, tur operator, videoqo‘llanma, audioqo‘llanma.