“QON-QARINDOSH”KONSEPTINI MORFOLOGIK VA SINTAKTIK SATHDA ISHLATILISHI

##article.authors##

  • M. Uliqova

##article.abstract##

ANNOTASIYA

Jahon tilshunosligida kognitologiya tushunchasi inson faoliyatiga, birinchi navbatda, axborotni qabul qilish, qayta ishlash, saqlash hamda shu axborotdan vaziyatga muvofiq foydalanish tizimi sifatida qaraladi. Lingvomadaniyatshunoslik nuqtai nazaridan konseptlar, V.A.Maslova fikricha, 9 guruhga tasniflanishi lozim, ya’ni: olam, stixiyalar va tabiat, inson haqidagi tasavvurlar, axloqiy konseptlar, ijtimoiy tushuncha va munosabatlar, emotsional, artefaktlar olami, ilmiy bilim konseptosferasi, san’at – konseptosferasi. Tadqiqotimizning asosiy arhisemasi qon-qarindoshlikni tashkil etganligi sababli, avvalambor  biz o‘zbek tilining izohli lug‘atida “qon-qarindosh” konseptiga  berilgan ta’rifni berishdan boshlasak: qon-qarindosh 1.biror ota-onadan tug‘ilgan, bir avlodga mansub kishilar (bir-birga nisbatan); qarindosh, qondosh. Demak, qon-qarindosh konsepti har bir tilning leksik qatlami uning fonetik va morfologik qurilishiga nisbatan o‘zgaruvchan bo‘lib, asrlar osha xar bir davrga hos o‘zgarishlarni o‘zida aks ettira boradi. Lekin qon-qarindoshlik termilari leksikaning boshqa terminlariga nisbatan turg‘un va kopsevativ bo‘lib, manodagi siljishlar (torayish, kengayish)ni hisobga olganda, yaratilgan shakllarini deyarli saqlab qolgan.

Kalit so‘zlar: kognitologiya tushunchasi, tushuncha va munosabatlar, qon-qarindosh konsepti, qon-qarindoshlik terminlari

Загрузки

##submissions.published##

2024-03-21

##issue.issue##

##section.section##

Статьи