REKLAMA MATNLARIDA PARSELLYATSIYANING O‘RNI
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Matnning nutqiy xususiyati haqida ko‘p gapirilgan, biroq lisoniy mohiyati hanuzgacha to‘la ochib berilmagan. Demak, matnga ta'rif berishda ehtiyotkorlik bilan yondashish talab qilinadi. Chunki berayotgan ta'rifimizda matnning lisoniy mohiyati va nutqiy xususiyatlari birday qamrab olinishi kerak. Ushbu maqolada reklama matnlarini bo‘laklanishida ham matnning nutqiy va lisoniy jihatlarini hisobga olgan holda tahlil qilishga harakat qildik. Reklama matnlarida bo‘laklanishning bir ko‘rinishi sifatida parsellyatsiya, segmentatsiya hodisalarini keltirishimiz mumkin. Parsellyatsiya kommunikativ, ekspressiv sintaksisda, хususan, reklama matnida benihoya muhim ahamiyatga ega bo‘lgan sintaktik-kommunikativ hodisa bo‘lib, uning mohiyati yaxlit butunlik bo‘lgan gapni mantiqiy ta’kid va ekspressiyani kuchaytirish maqsadida ikki (yoki undan ortiq) kommunikativ birlikka ajratib gapdan tashqariga chiqarishdan iborat.
Kalit so‘zlar: parsellyatsiya, segmentatsiya, mantiqiy ta’kid, ekspressiya, dislokatsiya, separatizatsiya, matn.