XITOY TILIDAGI 是shì UNSURINING BOG‘LOVCHI HAMDA TA’KID MA’NOLARIDA MUQOBILLASHUVI XUSUSIDA
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Xitoy tilida 是shì elementi (iyeroglifi) turli vaziyatlarda turli so‘z turkumlari vazifasini bajarib keladi. Jumladan, ot, olmosh, ravish, sifat, fe’l, bog‘lovchi, bog‘lama. Shu jihatdan uni ko‘pvazifaviylik xususiyatiga ega deb hisoblanadi. Mazkur maqolada xitoy tilidagi是shì elementining bog‘lovchi va ta’kid ma’nosini ifodalovchi bo‘lak vazifasini bajarishi xususida fikr boradi. Shu bilan birga uning o‘zbek tilidagi muqobillashuvi qiyosiy tahlil qilingan. Tahlil yuzasidan xitoy tilidagi 是shì elementi ishtirokidagi bog‘lovchilar hamda ularning o‘zbek tilidagi ekvivalentlari o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlari o‘rganilib, xulosalar chiqarilgan. Tahlil uchun xitoy tilida o‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlar olingan.
Kalit so‘zlar: zidlov bog‘lovchi, ayiruv bog‘lovchi, shart bog‘lovchi, kirish so‘z, aniqlov bog‘lovchi, ta’kid ma’nosi.