FRANSUZ VA O‘ZBEK ERTAK VA NAQLLARIDA MODALLIK KATEGORIYASINING O‘ZIGA XOS MILLIY-MADANIY JIHATLARI
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Mаzkur mаqоlаdа fransuz va o‘zbek ertak va naqllarida modallik kategoriyasining o‘ziga xos milliy-madaniy jihatlari hаqidа fikr yuritilаdi. Nаzаriy аsоslаri tаdqiq еtiladi va ishning dоlzаrbligi оʻrganiladi. Xalq og‘zaki ijodining qadimiy namunalaridan biri hisoblangan maqol va naqllar boshqa janrlardan o‘zining qisqa, lo‘nda, obrazli va chuqur mazmunga egaligi bilan alohida ajralib turadi. Maqollar orqali har bir xalqning o‘ziga xos qadimiy va boy ma’naviyati namoyon bo‘ladi. Maqollar mavzu jihatidan nihoyatda boy va xilma-xil bo‘lib, mazmun jihatdan o‘z ma’nosida yoki ko‘chma ma’noda qo‘llanilishi mumkin. Maqollar uchun obyekt sifatida shaxslar, narsa-buyumlar va shu bilan birga, hayvonlar ham olinadi. Maqollar, asosan, didaktik xarakterga ega bo‘lib, Bahodir Sarimsoqovning ta’kidlashicha, “Maqollar ham o‘z hamda ko‘chma ma’noda qo‘llana olish imkoniyatiga egadir. Bu xususiyat maqollarning tematik doirasini, qo‘llanilish darajasini kengaytiradi”.
Kаlit sоʻzlаr: lisоniy birlik, trаnsliterаtsiyа, trаnskripsiyа, sаrlаvhа оsti izоhlаr, kаlkаlаsh, аnаlоgiyа, tаsviriy tаrjimа, imо-ishоrа tаrjimа, reаliyа, ekvivаlent.