OʻZBEK DIALEKTOLOGIYASIDA QIPCHOQ SHEVALARINING OʻRGANILISHI

##article.authors##

  • F. Nurmanov

##article.abstract##

ANNOTATSIYA

Har bir xalqning milliy tili uning milliy boyligi sanaladi. Milliy til sheva va lahjalardan tashkil topadi. Shevalarni klassifikatsiya qilish ularning lisoniy va lisoniy boʻlmagan xususiyatlariga, boshqa til va dialektlarning ta’siriga hamda geografik omillarga bogʻliq. O‘zbek tili uch lahjaga bo‘linishi haqidagi dastlabki ma’lumotlar maktab darsliklarida beriladi. Oliy ta’lim filologiya yoʻnalishlarida bu lahjalarning o‘ziga xos jihatlari, tarqalish geografiyasi chuqurroq o‘rgatiladi. Ushbu maqolada oʻzbek shevalarining dastlabki tasniflanishlari, bu borada oʻzbek va rus olimlarining ilmiy faoliyati, “o” lashish, “a” lashish, “j” lovchilar, “y”  lovchilar kabi guruhlanishning sabablari, qipchoq, qorluq va oʻgʻuz kabi uch tasnifga toʻxtalish sabablari, qipchoq shevasining oʻziga xos xususiyatlari va farqlovchi belgilari hamda tasniflashning ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari, shevashunoslik tarixida amalga oshirilgan klassifikatsiyalarning tarixi, tavsifi, oʻziga xos yutuq va kamchiliklari, mukammal tasnif yaratishning oʻziga xos omillari, oʻzbek tili va shevalarining boshqa til va dialektlardan farqli jihatlari hamda tasniflashning ahamiyati haqida ham mulohaza yuritilgan.

             Kalit soʻzlar: milliy til, sheva, dialekt, lahja, tasnif, tasniflash va tavsiflash yoʻllari, qipchoq, qorluq, oʻgʻuz, “j” lovchilar, xos belgi, farqlanish, tafovut, guruhlash, morfologik belgi, fonetik farq.

Загрузки

##submissions.published##

2024-01-12