OLMOSHLARNING LEKSIK -SEMANTIK XUSUSIYATLARI
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Maqolada olmoshlarnig nemis va o‘zbek tiliga xos xususiyatlari, ot, sifat son, ravish xarakteridagi olmoshlar, olmoshlarning fonetik, semantik, leksik ma’nolari, ularning ikki tildagi xususiyatlari, olmoshlarning gapdagi vazifasi qiyoslanib, misollar orqali yoritiladi. Kishilik, ko‘rsatish, o‘zlik olmoshlarining ma’nosiga ko‘ra turlari, ularning rodda, kelishikda, sonda turlanishi va moslashishi, olmoshlarda affiksatsiyasi, morfemalarning matndagi ma’nolari, gapdagi sintaktik vazifalari tahlil qilingan. Nemis va o‘zbek tillarida olmoshlar qo‘llanilish chastotasining faolligi bilan boshqa so‘z turkumlaridan farq qiladi. Olmoshlar nominativlik xususiyatining yo‘qligi, faqat gap tarkibida ot, sifat, son o‘rnida kela olishi ularni leksik-grammatik jihatdan o‘zaro teng qilib qo‘yadi. Maqola Gyotening „Faust“, Abdulla Qahhor, Oybek, Said Ahmad asarlaridagi misollar asosida olmoshlarning leksik-semantik ma’nolari izohlangan.
Kalit so‘zlar: Olmosh, mustaqil ma’noli so‘zlar, ot, sifat, son, ravish shaxs, predmet, belgi yoki miqdor, fonetik, semantik, leksik ma’nolar, affiksatsiya, son va kelishik kategoriyalari, yasama olmoshlar, olmosh–ravishlar, nemis va o‘zbek tillarida kishilik, ko‘rsatish, o‘zlik olmoshlari.