BADIIY NUTQDA SINONIMLARDAN FOYDALANISH YO‘LLARI HAQIDA
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Maqolada badiiy nutqda sinonimlardan takror usulda foydalanish yo‘llari haqida fikr yuritiladi. Badiiy nutqda sinonim so‘zlardan foydalanganda, ularda mavjud bo‘lgan ma’no farqlari va emotsional-ekspressiv belgi xususiyatlari inobatga olinadi. Chunki har bir sinonim so‘z yoki frazemadan o‘z o‘rnida foydalanish ifoda etilayotgan fikrning aniq va ravon bo‘lishiga yordam beradi. Shu jihatdan yozma nutqda, shuningdek, og‘zaki nutqda ham sinonimlardan juft holda foydalanish va ularni uyushgan holda qo‘llash alohida qimmatga ega. Umuman, sinonimik takrorlar deyilganda bir umumiy ma’noda birlashuvchi sinonim so‘zlar, erkin birikmalar yoki frazemalarning turli maqsadlarda bir gapning o‘zida yonma-yon, uyushgan holda kelishi tushuniladi. Tilimizda sinonimik takrorlarning ikki turli variantlari mavjud bo‘lib, ulardan juft va uyushib kelgan holda qo‘llanuvchi sinonimlar keng tarqalgan. Sinonimlarning takror qo‘llanishi – miqdor jihatdan orttilishi ortiqcha bo‘lmay, uslubiy maqsad – ma’noning kuchayishi va ta’kidlanishi uchun xizmat qiladi. Sinonimik takrorlar umumiy bir denotatni bildiradi, ammo ularning miqdor jihatdan bir nechtaligi har birining ma’lum doirada, uslubda qo‘llanishiga ko‘ra xoslanishini vujudga keltiradi, ya’ni sifat jihatidan farqini yuzaga chiqaradi.
Kalit so‘zlar: badiiy nutq, sinonim, sinonim so‘z, sinonim frazema, sinonimik takror, uyushiq bo‘lak, uyushiq frazema, leksik-frazeologik sinonim, frazeologik birlik