GAZETA TILIDA QO‘LLANILGAN TANQIDIY MAQOLALARDA SARLAVHALAR STILISTIKASI
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Maqolada gazeta tilida qo‘llanilgan tanqidiy maqolalarning sarlavhalari tadqiq etiladi, misollar orqali izohlanadi. Gazeta tilida qo‘llanilgan tanqidiy maqolalar sarlavhalari haqida tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi. Bugungi kunda ularning nechog‘lik ahamiyatga ega ekanligi va qanchalik darajada uslubiy jihatdan to‘g‘ri qo‘llanilayotganligi yuzasidan misollar asosida tahliliy materiallar bilan izohlanadi.
Gazeta matnlarini kuzatish shundan dalolat beradiki, tanqidiy materiallarda bosh kelishikdagi ot ko‘pchilik hollarda sarlavhalarda ma’lum bir voqea-hodisani, narsa-predmetlarni, jarayonlarni nomlash-atash vazifasini bajaradi. Tanqidiy maqolalarda quyidagi atash mazmunidagi sarlavhalar uchraydi: “Fuqarolar murojaatlari qay tartibda amalga oshiriladi?”, “Shaytonga bo‘ysunganlar “U yerda yaxshi to‘lashadi” , “Baxtingizga ko‘z tegmasin!”, “Nogironlik muddati qancha?”, Viloyat IIB xabar qiladi “Firibning yo‘li qisqa”, “Falokat oyoq ostida” (Adolat sari, 2010.01.02), “Tillachilar hiylasi” (Oila va jamiyat, 2011.12.01), “Firibgarning soxta aviachiptalari” (Zarafshon 2014.28.01), “Nomusga narx qo‘yganlar” (Oila va jamiyat, 2011.23.02) kabi misollar bilan izohlashimiz mumkin.
Kalit so‘zlar: tanqidiy maqola, sarlavha atash, farqlash, xabar berish, reklama qilish, ishontirish, ko‘rsatma berish, tashviq qilish, murojaat qilish, ixcham izoh, havola, ta’sirchanlik.