O’ZBEK XALQ DOSTONLARIDA FONETIK TAKRORNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI

##article.authors##

  • G. Jumanazarova

##article.abstract##

ANNOTATSIYA

          Dostonlar tilidagi takroriy birliklar matnni shakllantiruvchi, uning mazmuniy va intonatsion butunligini ta’minlovchi vosita sifatida alohida badiiy-estetik vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, “matnning butun holda saqlanishi, uning tinglovchi yoki o‘quvchiga etkazilishida takrorlar muhim aloqa vazifasini bajaradi. Demak, takror matn yoki matn parchasi bir butun holda saqlanishini ta’minlovchi o‘ziga xos yopiq tizimdir. Bu tizimning ishlash mexanizmi ham g‘oyat o‘ziga xosdir. Dastlab, matn shakllanishida ishlatilgan bu tizim ijro jarayonini qulaylashtirishga ham ko‘maklashadi va shu tariqa ikkinchi vazifasini ado etadi. Tinglovchi tomonidan matnning qulay anglanishini ta’minlash barobarida uzoq muddat xotirada saqlash imkoniyatini yaratishi bilan yana bir muhim vazifani bajaradi. Bu mo‘jizakor vosita doston matnlarida ba’zan tovush, qo‘shimcha, o‘zak, ba’zan so‘z va so‘z shakllarining qaytarilishi shaklida qarshimizga chiqadi. Ba’zan bu vositalar birin-ketin, muntazam ravishda, ba’zan aralash, ba’zan ters holda namoyon bo‘ladi, ba’zan hatto yashirin holda kelganda ham o‘zining mavjudligini ta’kidlab turadi. Maqolada fonetik takrorning stilistik figurasi sifatida o‘zbek xalq dostonlari matnida qaydarajada qo‘llanganligi va ularning badiiy estetik vazifalari haqida so‘z yuritilgan. Baxshi shoir ijrosida badiiy takrorlarning har biriga muhim ekspressiv-emotsional va estetik vazifa yuklanganligi aniqlab berilgan.

Kalit so‘zlar: xalq dostonlari, badiiylik, poetik, baxshi, doston, matn, fonetik takror, alleteratsiya, gemenatsiya, monorim, assonans.

Загрузки

##submissions.published##

2023-11-15