MUROD MUHAMMAD DO‘ST ASARLARIDA DIALOGNING PRAGMATIK IMKONIYATLARI
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Nutqiy muloqotda muhim o‘rin tutuvchi muloqot maqsadi, nutqiy strategiya, pragmatik samara kabi tushunchalar badiiy matnlarda o‘zaro taʼsir etishning asosiy vositalari bo‘lgan dialog va monologlarning pragmatik vazifasi mazmun-mohiyatini o‘zida aks ettiradi. Shuningdek, badiiy asar tilining o‘ziga xosligini taʼminlashda ishtirok etadigan birliklarda milliy xususiyatlar ham o‘z aksini topadi. Bu ayniqsa, personaj nutqini individuallashtirishda qo‘llanuvchi dialog, monolog va poliloglarda ham mentalitet ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Ushbu maqolada badiiy matnda dialogning pragmatik imkoniyatlari yozuvchi Murod Muhammad Doʻst asarlari misolida tahlil qilingan.
Kalit soʻzlar: pragmatika, dialog, kommunikativ maqsad, nutqiy strategiya, akt, illokutiv akt.