SHE’RIY MATNLARDA XIAZMNING O‘RNI

##article.authors##

  • O. Yusupova

##article.abstract##

ANNOTATSIYA

She’riy nutqning ta’sirchanligini ta’minlashda, ma’noni kuchaytirishda, asar tilining obrazliligini oshirishda, individuallikni ta’minlashda poetik sintaksisning o‘rni kattadir. Poetik sintaksis va uning turlari yordamida  shoir o‘z maqsadini oson, tez va samarali tarzda ifoda etadi, bu vositalar yordamida kitobxon e‘tibori ijodkor aytmoqchi bo‘lgan mavzuga qaratiladi, o‘z diqqatini tasvirga to‘la safarbar etadi. Mavzuning  goh u tomoni, goh bu tomoni bo‘rttiriladi, bayonning jozibali chiqishiga yordam beradi, asarning badiiy qiymati oshadi.  Mazkur maqolada she’riy matnlarda uchraydigan poetik sintaksis turlaridan biri  xiastik qurilmalarning badiiy asar ifodaviyligi, emotsional-ekspressivligini   ta’minlashdagi  o‘rni, zavq bag‘ishlash, fikrni tez va uzoq vaqt esda saqlab qolishiga xizmat qilishi kabi poetik nutqdagi vazifalari, xiazmli qurilmalarning tarkibi, ularning joylashuvi o‘zbek she’riyati namunalari asosida o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar: she’riy matn, xiazm, xiastik qurilma, sintaktik parallelizm, kompozitsion unsur, sodda va murakkab xiazm.

Yusupova Orziboni,

associate professor, candidate of

Загрузки

##submissions.published##

2023-11-15