SAIDRIZO ALIZODANING TIL TA’LIMI HAQIDAGI QARASHLARI
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida Turkistonda vujudga kelgan jadidchilik harakatining asosiy vazifalaridan biri xalqni ma’rifatga chorlash va usuli savtiya maktablarini tashkil etishdan iborat edi. Saidrizo Alizoda ana shunday ma’rifatparvar jadidlardan bo‘lib, u Samarqandda nafaqat yangi maktab ochganligi, balki o‘quvchilar uchun darsliklar tuzib, bepul tarqatganligi bilan diqqatga sazovordir. Adib tomonidan tuzilgan darsliklar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari idroki uchun qulay va sodda hisoblanadi. Darsliklar arab grafikasi asosida dastlab qo‘lyozma shaklida o‘qitilgan bo‘lsa-da, keyinchalik toshbosma usulida ommalashgan. Ushbu maqolada “Birinchi yil. Alifbe” hamda “Murosalot” darsliklari haqida so‘z boradi. Shuningdek, maqolada tinish belgilarining taraqqiyot bosqichi, darsliklarda ulardan foydalanish tartibi, ayrim grammatik qoidalarning yozilishi haqida ma’lumotlar bor.
Kalit so‘zlar: Turkiston, jadid, Murosalot, Alifbe darsligi, matbuot, matbaa, usuli savtiya maktabi, sarf, nahv.