ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA LINGVOMADANIY KONTSEPT VA QADRIYAT MUAMMOSI
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada antropotsentrik tilshunoslikda kontsept, lingvomadaniy kontsept hamda qadriyat muammosi, ularning talqini masalalari tahlil etilgan. An’anaviy tilshunoslik so‘z, so‘z birikmasi va gapni tahlil ob’ekti sifatida ko‘rsa, antropotsentrik tilshunoslikning jadal rivojlanib borayotgan kognitiv tilshunoslik hamda lingvomadaniyatshunoslik tarmoqlari shunday birlik sifatida mental hodisa bo‘lgan kontseptni ko‘radi. Ularning turli nuqtai nazardan ta’rif va tavsiflari mavjud bo‘lib, barcha talqinlar uchun umumiy jihat sifatida uning til orqali voqelanishini ko‘rsatish mumkin. Bunda, birinchidan, inson til va madaniyat sub’ekti, ikkinchidan, til va madaniyat izomorf bo‘lgan semiotik tizim degan muhim metodologik ahamiyatga ega nuqtalar ko‘zga tashlana boradi. Maqolada qadriyat tushunchasining aksiologiya, psixologiya hamda madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan ta’riflari ham keltirilgan bo‘lib, madaniyatshunoslikda qadriyatlar inson faoliyatining mahsuli hisoblanib, madaniyatning o‘zi shu jamiyatdagi qadriyatlarning yig‘indisi sifatida tushunilishi keng tarqalgan. Shuningdek, qadriyatlarning qadriyatlarning amal qilish ko‘lami, hududi, guruhlari hamda unga madaniyat vakilining shaxsiy munosabatiga ko‘ra tasnif etilgan.
Kalit so‘zlar: madaniyat, kontsept, lingvomadaniy kontsept, qadriyat, izomorflik, ma’naviy qadriyatlar, ijtimoiy qadriyatlar, iqtisodiy qadriyatlar, moddiy qadriyatlar.