KOʻZ LEKSEMASINING BIR NECHA SOMATIK KOMPONENTLI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARDA IFODALANISHI
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada oʻzbek va ingliz tilllaridagi koʻz leksemasiga doir somatik frazeologik birliklarning ishlatilishi haqida bahs yuritiladi. Tilshunoslik boʻlimi sifatidagi frazeologiyaning asosiy diqqat eʼtibori frazeologizmlar tabiatini va ularning kategorial belgilarini oʻrganishga, shuningdek, frazeologizmlarning nutqda qoʻllanish qonuniyatlarini aniqlashga qaratiladi. Tilshunoslik sohasida frazeologiya bu tasvirlovchi soʻzlar masalan idiomalar, frazeologik fe'llar va leksikologik birliklarning boshqa turlarini oʻrganuvchi fandir, bunda soʻz birikmalarining tarkibi ma'nolari orqali umumiy ma'noni bilib boʻlmaydi, ular mustaqil birliklar sifatida qoʻllaniladi. Ingliz va oʻzbek tillarida somatik frazeologik birliklarni har tomonlama tadqiq qilishga, yaʼni grammatik, leksik va semantik jihatdan oʻrganishga harakat qilamiz. Chunki, somatik frazeologik birliklar tilshunoslikning boshqa tarmoqlari bilan keng va har tomonlama aloqadordir.
Kalit soʻzlar: frazeologizmlar, maqol va matallar, somatizm atamasi, frazeologik butunlik, frazeologik chatishma.