XURSHID DAVRON SHE’RIYATIDA ANTITEZA VA METAFORA HODISASINING TILSHUNOSLIKDAGI AHAMIYATI

##article.authors##

  • M. Qurbonova

##article.abstract##

ANNOTATSIYA

Badiiy asarda ijodkor o‘z individual qarashlarini ochib berish uchun turli xil o‘xshatishlar, til unsurlaridan foydalanadi. Shoir Xurshid Davron ijodini o‘rganar ekanmiz, xalqona ruh bilan birga tarixiylik yetakchi o‘rinni egallaganining guvohi bo‘lamiz. Shoir bu tarixiy, ijtimoiy, milliy qarashlarini ifodalash uchun ko‘pgina til unsurlaridan foydalangan. Shuning uchun ham uning leksikasi boy va rang-barangdir. Uning ijodi orqali til va adabiyotning uzviy aloqasi ham tahlil etiladi. Shoir she’riyatida kamdan-kam uchraydigan tosh ko‘zyoshi, oydin qayg‘u, soqov bo‘ron, mahzun quvonch, qulfsiz kishan kabi oksyumoronlarda tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarning mohiyati, insonlarning xarakteri ularni bir-biriga taqqoslash, zidlash orqali oydinlashadi. Maqolamizda she’riy matnlarda uchraydigan metafora, antiteza, oksyumoron, takror kabi til hodisalari yordamida inson ruhiyatidagi  emotsionallikni ochib berishga alohida e’tibor  qaratilgan.

Kalit so‘zlar: Antiteza, metafora, poetika, Aristotel, lingvopoetika, tasviriylik, she’r.

Загрузки

##submissions.published##

2023-08-03