KUN.UZ IJTIMOIY TARMOQ XABAR MATNLARINING SOTSIOLINGVISTIK TAHLILI

##article.authors##

  • X. Urokov

##article.abstract##

ANNOTATSIYA

            Ijtimoiy tarmoqlar-internet bugungi kunda eng tezkor xabar almashish vositasi sanaladi. Bu tarmoqlarda nafaqat xabar almashish mumkin, balki eng soʻnggi yangiliklardan, axborotlardan bahramand boʻlamiz. Yurtimizda ham bugungi kunda ijtimoiy tarmoq-internet sohasini rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Shaxsan yurtboshimiz Sh. Mirziyoyev boshchiligida raqamli texnologiyalarni, ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Yurtimizda bugungi kunda internet tarmogʻini rivojlantirish, kundalik yangiliklarni yetkazib berishga moʻljallangan ijtimoiy tarmoqlarni tashkil qilish uchun amaliy harakatlar olib borilmoqda. Lekin tashkil qilinayotgan bunday ijtimoiy tarmoqlarning hammasini ham ishonchli deb boʻlmaydi. Sababi bunday ijtimoiy tarmoqlarning ba’zilarida “mish-mish”, “feyk”, “soxta” xabarlar beriladi, ularning asl maqsadi bunaqangi xabarlar orqali mashhur boʻlish, koʻproq obunachilarga, oʻquvchilarga ega boʻlish hisoblanadi. Bu ijtimoiy tarmoqdagi yolgʻon xabarlarni oʻqigan oʻquvchilar ishonchli xabarlar bilan soxta xabarlarning farqiga bormay qolmoqda. Bu esa jamiyatda turli xil tushunmovchiliklarni, nizolarni yuzaga chiqarmoqda.

Kalit soʻzlar: ijtimoiy tarmoq, Kun.uz, adresant, adresat, feyk, mish-mish, lakuna, realiya, geografik realiya.

Загрузки

##submissions.published##

2023-04-19