O‘ZBEK ADABIY TILI GRAMMATIK QURILISHINING TAYANCH UNSURI
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Maqolada o‘zbek adabiy tili grammatik qurilishining tayanch unsuri haqida so‘z boradi. Grammatik qurilishning tayanch unsuri sifatida grammatik kategoriya, grammatik-leksik va funksional-semantik maydonning xususiyati bayon qilinadi. Grammatik kategoriya a’zosi soni, a’zolarining o‘zaro mazmun munosabati, vositalari tilning qaysi bo‘limiga mansubligi, tuzilishining milliy o‘ziga xosligi, tilning morfologik tuzilishi bilan bog‘liqligi, grammatik-leksik va funksional-semantik maydonning tuzilishi, vositalariga doir fikrlar tahlil qilinadi. 80-yillarda tilshunoslikda grammatik kategoriya a’zolari orasida faqat oppozitsiya emas, nooppozitiv farqlanish ham mavjudligi e’tirof etilganligi aytiladi. Grammatik kategoriya tuzilishi, aniqrog‘i shakllarining o‘zaro mazmuniy aloqa-munosabati tilning morfologik turiga bog‘liq deyilishidan agglutinativ tillarga nisbatan grammatik kategoriyaga beriladigan ta’rif flektiv tillarning xususiyatini aks ettiruvchi ta’rifdan farq qilishi lozimligi asoslab beriladi.
Kalit so‘zlar: grammatik qurilishning tayanch unsuri, grammatik kategoriya, grammatik shakl, umumiy grammatik ma’no, oppozitsiya, nooppozitiv farqlanish, umumiy grammatik ma’noning ko‘rinishlari, grammatik-leksik maydon, funksional-semantik maydon, maydon yadrosi, maydon chekka qismi.