“SUDXO‘RNING O‘LIMI” QISSASIDA QO‘LLANILGAN IQTISODIY VA BANKKA OID TERMINLAR TAHLILI

##article.authors##

  • A.I. Hasanov

##article.abstract##

ANNOTATSIYA

Ma’lumki, “Sudxo‘rning o‘limi” asari Sadriddin Ayniyning shoh asaridir. Qissada marosim, diniy, zoologik, sartaroshlik, qarindosh-urug‘chilik, savdo-sotiq, ovchilik, kiyim-kechak, iqtisod va bankka oid ko‘plab terminlar uchraydi. Shulardan biri iqtisod va bankka oid. Qissada qo‘llanilgan bank sohasiga oid terminlar iqtisodiy hayotni yanada yorqinroq yoritishga xizmat qilgan. Bu Ayniyning iqtisodiyot, banksohalarini mukammal bilganidan dalolat beradi. Biz ushbu maqolada iqtisodiy terminlarning ma’nosini izohlashga va ularni qaysi tildan o‘zlashganiga e’tibor qaratdik. Ushbu maqola XX asr 30-40 yillarida qo‘llanilgan iqtisodiy mazmundagi terminlarning ma’nosini yaxshiroq o‘rganishga xizmat qiladi.

   Kalit so‘zlar: bank, bankrot (sinish), foiz, pul, tiyin, aqcha, kassir, naqd pul, aqcha, qopcha, tilla, tanga.

Загрузки

##submissions.published##

2022-10-13