CHET TILDAN SO‘Z O‘ZLASHTIRISH ATAMASINING O‘ZBEK TILIDAGI TALQINI
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola so‘z o‘zlashtirish, ularning tarixi, sabablari va usullarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Xususan, chet tildan so‘z o‘zlashtirishning bevosita va bilvosita usullari ta’riflangan. Tilshunoslikda so‘zlarni vositachi-til yordamida o‘zlashtirishning ahamiyati izohlangan hamda oʻzbek tilidagi rus va ingliz tillari soʻzlari bir qancha misollar asosida tasniflangan. Oʻzbek tiliga, xususan, ommaviy axborot vositalari tiliga mustaqillik davrida, yaʼni 1991-2001-yillarda oʻzbek tiliga kirib kelgan oʻzlashma soʻzlar ustida tadqiqot olib borildi. Asosiy e’tibor tillarda o‘zlashtirilishning sabablari va natijalariga qaratilib, “Xalq so‘zi” gazetasidan yangi o‘zlashma so‘zlar ma’nolari bilan misollar bilan keltirildi.
Kalit so‘zlar: tilshunoslik, qiyosiy, o‘zlashtirish, translyatsiya, o‘zaro ta’sir, ichki, fonema.