“ALPOMISH” DOSTONI TALQINIDA “TAHLILIY OʻQISH” USULIDAN FOYDALANISH METODIKASI
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
“Tahliliy oʻqish” usuli talabalarda asar matniga chuqur kirib borish, uning mazmunini teran his etish, tanqidiy tafakkur koʻnikmalarini hosil qilishga yordam beradi va badiiy matn vositalarida olam va odam goʻzalligini his etish koʻnikmasini shakllantiradi. Matnni tahlil qilishda, eng avvalo, adabiy talaffuz, ifodali oʻqish va boy lingvistik zaxiraga ega boʻlish talab qilinadi. Shuning uchun mazkur usul bo‘yicha olib borilgan dars oʻquvchidan soʻzlarning ma’no nozikliklari, sinonim, antonim, omonim, paronimlar lugʻati bilan ishlash koʻnikmalarini egallashga, shuningdek, barcha uslubiy va sintaktik vositalarni (trop va figuralarni) farqlay olish va mustaqil tahlil qilish koʻnikmasiga ega boʻlish talab etiladi. Shu talablarga muvofiq tarzda surunkali va tizimli mashqlar bajaradi va topshiriqlar beriladi. Mazkur maqolamizda 9-sinf [1;8-16] adabiyot darsligida berilgan “Alpomish” dostoni matnidan keltirilgan parchani tahliliy o‘qish usuli orqali mushohada qilib chiqamiz.
Kalit so‘zlar: tahliliy o‘qish, fonetik tahlil, leksik tahlil, frazeologik tahlil, adabiy tahlil, maqol, topishmoq, mubolag‘a.