HOZIRGI INGLIZ TILINING SO‘ZLASHUV QATLAMINI TADQIQ ETISH
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Maqolada ingliz tilining so‘zlashuv qatlamini hozirgi tilshunoslikning istiqbolli yo‘nalishi sifatida o‘rganish masalasining ko‘p qirraliligi bilan bog‘liq muammolar tahlilga tortilgan. Maqolada britaniya ingliz tili va amerika ingliz tillarining leksik, derivativ, grammatik xususiyatlari sohasidagi tadqiqotlar slangizmlar, so‘zlashuv so‘zlari va substandart bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tushunchalarni o‘rganish bo‘yicha yetakchi mutaxassislarning xorijiy tajribasiga asoslanib ko‘rib chiqilgan. Maqolada til integratsiya jarayonlari bilan bog‘liq holda so‘zlashuv so‘zlari ingliz tili faol lug‘atining ajralmas qismiga aylanib borayotganiga alohida e’tibor qaratilgan.
Kalit so‘zlar: kollokvializmlar, nostandart lug‘atlar, ingliz tilining so‘zlashuv qatlami, emotsional ekspressiv bo‘yoq, so‘zlashuv, slangizmlar.