INGLIZ TILIDA “CONTENT” LEKSIK BIRLIGINING LEKSIK-SEMANTIK TAVSIFI
##article.subject##:
lingvistik xususiyat, intonatsiya, psixoemotsional jarayon, subektiv tuyg‘ular, neyrofiziologik reaksiya, verballashuv jarayoni, tipologik struktura, fiziologik jarayon, universal hodisa, leksik-semantik tahlil, pragmatik vositalar.##article.abstract##
Ushbu maqolada tilshunoslik markazida turuvchi til birliklarining lingvistik xususiyatlariga ularning emotsional holatlarni ifodalash xususiyatlariga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Muallif ingliz tilidagi emotsional birliklarlarni chuqur o‘rganishga diqqat qaratgan. Taniqli olimlarning bu borada olib borgan izlanishlari ko‘rib chiqilib, ularning tadqiqotlari va ushbu mavzu doirasida aytib o‘tgan fikrlari tahlil qilingan. Emotsiyaning inson his tuyg‘ularida aks etadigan turli xil shakllari keltirilgan va ularning verballashuv jarayonidagi xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Eng keng foydalaniladigan xursandchilikni ifodalovchi leksik birliklar qayd etilgan. Xursandchilik, manuniyat, ko‘tarinki kayfiyatni o‘zida namoyon etuvchi birliklar alohida turkumlanib, ifoda darajasi ko‘ra ular guruhlarga bo‘lingan. Ularning turkumlanishi xususan content birligi misolida tavsiflangan va uning lug‘oviy ma’nolari ingliz tili izohli lug‘ati yordamida ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga lug‘atdagi namunaviy gaplar ham alohida tarjima qilingan tahlil qilingan. Muallif tomonidan content o‘zagi ostida birlashgan barcha turkumlar qatnashgan jumlalar mashhur ingliz yozuvchilari tomonidan yozilgan asarlar ichidan saralab olingan va ularning tarjimasi, gapdagi o‘rni va konteksdagi ma’nolari qayd etilgan.