ALISHER NAVOIY ASARLARIDA UYGA TO‘SHALADIGAN BUYUMLARNI IFODALOVCHI LEKSEMALARNING SEMANTIK-STRUKTUR TAHLILI
##article.subject##:
Leksema, uyga to‘shaladigan buyum, to‘shak, etimologiya, mato, kiyiz, gilam.##article.abstract##
Mazkur maqolada Alisher Navoiy asarlarida qo‘llanilgan, uyga to‘shaladigan buyumlarni ifodalovchi leksemalarning semantik-struktur tahlili o‘rganiladi. Alisher Navoiyning lug‘at boyligi va badiiy tilida mavjud bo‘lgan tasavvurlarni tahlil qilib, uy-mavzulari bilan bog‘liq so‘zlar va iboralarni yoritadi. Alisher Navoiy asarlarida uyga to‘shash uchun buyumlar orqali kishi ruhiyatining o‘zgarishi, ma’naviy holatlari va ijtimoiy ahvoli aks etgan. Maqolada, shuningdek, bu buyumlarning ma’naviy, maishiy va madaniy ahamiyati, shuningdek, ularga berilgan semantik yuklar tahlil qilinadi. Leksemalarning semantik-strukturasini chuqur o‘rganish, ularning badiiy tilda qanday ishlatilishini va dastlabki asarlardagi xususiyatlarni aniqlashga imkon beradi. Shuningdek, maqola Alisher Navoiyning g‘oyaviy-estetik qarashlarini yaxshiroq tushunish, adabiy merosini chuqurroq o‘rganish uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.