INGLIZ TILIGA TARJIMA QILINGAN “BOBURNOMA” ASARIDAGI GASTRONOMIK TERMINLARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
##article.subject##:
Boburnoma, gastronomik terminlar, tarjimashunoslik, lingvokulturologiya, madaniy kontekst, semantik tahlil, madaniyatlararo kommunikatsiya, ekvivalentlik, adaptatsiya, tarixiy xotira.##article.abstract##
Mazkur maqolada “Boburnoma” asarining ingliz tiliga tarjima qilingan variantlarida uchraydigan gastronomik terminlarning lingvokulturologik xususiyatlari o‘rganilgan. Ushbu terminlarning semantik tahlili orqali ularning madaniy va tarixiy kontekstda qanday aks ettirilgani aniqlanadi. Muallif asarda keltirilgan an’anaviy taom nomlari, ovqatlanish madaniyati, oshxona jihozlari va boshqa gastronomik elementlarning tarjima jarayonida qanday lingvistik vositalar yordamida ifodalanganiga e’tibor qaratadi. Maqolada tarjimada kuzatilgan ekvivalentlik, adaptatsiya, o‘zlashtirish kabi hodisalar tahlil qilinadi hamda ularning madaniyatlararo kommunikatsiyadagi roli yoritiladi. Bu esa, tarjima jarayonida faqatgina tilshunoslik emas, balki madaniyatshunoslik yondashuvining ham muhimligini ko‘rsatadi. Shuningdek, maqola ingliz tilidagi tarjimalarda uchraydigan ayrim noaniqliklar yoki yo‘qotishlarga ham tanqidiy yondashadi. Tadqiqot natijalari “Boburnoma” asaridagi gastronomik leksikaning nafaqat til, balki o‘zbek xalqining tarixiy, etnografik va madaniy xotirasining bir qismi sifatida muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi.