O‘ZBEK XALQ TARIXIY DOSTONLARIDA AYOL-QIZLAR OBRAZI
##article.subject##:
doston, tarixiy-qahramonlik, folklor, afsona, baxshi, tarixiy-fantastik, avtobiograik.##article.abstract##
Ushbu maqolada o‘zbek xalqining tarixiy dostonlaridagi ayollar obrazining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi.Dostonlarda ayollar ko‘pincha kuchli, mard, fidoyi sifatida tasvirlanib, ularning tarbiyaviy va axloqiy roli yuksak qadrlanadi. O‘zbek adabiyotining ushbu jihatlari orqali ayollarning tarixiy, madaniy va ijtimoiy hayotdagi o‘rni nomoyon bo‘ladi .Maqolada shuningdek, ayollar obrazining dostonlardagi ma’naviy-madaniy merosda qanday ifodalanganligi ko‘rsatiladi. Dostonlarda er-xotin munosabatlari, ona-qiz aloqalari, va ayollarning qahramonliklari janrning asosiy mazmunini belgilaydi. Natijada,o‘zbek dostonlari orqali ayollarning kuch, sabr-toqat va mehrmuhabbat ramzi sifatida qadr-qimmati ochib beriladi. Ushbu maqola tarixiy dostonlarni yaxshiroq tushunishga, undagi obrazlarni tahlil qilishga yordam beradi.