AMIR TEMUR TIMSOLI NAVOIY DOSTONLARIDA G‘OYAVIY MAQSAD IFODASI SIFATIDA

##article.authors##

  • I. Pardayeva

##article.subject##:

adabiyot, doston, obraz, tarixiy shaxs, xalq, madaniyat, yangi uslub.

##article.abstract##

Jahon adabiyotida butun bir qator buyuk tarixiy shaxslar- jahongirlarobrazini yaratgan dostonlar ko‘p uchraydi. Bunday asarlar faqat bir xalqning emas, balki ko‘plab millat va madaniyatlarning umumiy adabiy merosi sifatida o‘rganiladi. Jahongirlik dostonlari ko‘pincha tarixiy voqealar va shaxslarning buyuklik, jasorat va siyosiy doirasini badiiy shaklda ifodalaydi. XIV asr ikkinchi yarmi va XV asr boshlarida yozilgan buyuk asarlar, jumladan Amir Temurga bag‘ishlangan dostonlar, o‘sha zamonning muhim adabiy va tarixiy manbalari sifatida katta ahamiyatga ega. XIV–XV asrlarda Sharqda dunyo tarixidagi eng katta davlatlarni boshqargan Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida ko‘plab tarixiy va adabiy asarlar yaratilgan. Alisher Navoiy o‘z ijodida tarixiy shaxslar obrazini yuksak ma’naviy va ma’rifiy g‘oyalar bilan uyg‘un holda talqin etgan mutafakkir sifatida, Amir Temur nomini katta hurmat va ehtirom bilan tilga olgan. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy jahongirlik dostonchiligi sohasida yangi uslub va g‘oyaviy ma’no kiritdi. Uning “Xamsa”sidagi “Saddi Iskandariy” dostonida Iskandar timsoli orqali amaldagi hukmdorning ideali-adolatli, ma’rifatparvar va siyosiy hayotda ilg‘or shaxs tasvirlangan.

Загрузки

##submissions.published##

2025-09-15