YOZUVCHINING INDIVIDUAL FRAZEOLOGIZATSIYASI, SOMATIK IBORALARNING LINGVOPOETIK TAHLILI (SHAROF RASHIDOVNING ASARLARI ASOSIDA)
##article.subject##:
Individual frazeologizatsiya, somatik iboralar, metaforizatsiya, lingvopoetika, o‘zbek adabiyoti, stilistik mahorat, milliy tafakkur, individual frazeologizatsiya.##article.abstract##
Mazkur maqolada Sharof Rashidovning “G‘oliblar” asari asosida yozuvchiga xos individual frazeologizatsiya hodisasi o‘rganiladi. Xususan, somatik frazeologik birliklar - inson tanasi va hissiyoti bilan bog‘liq turg‘un iboralar – muallif tomonidan qanday badiiy va stilistik mahorat bilan ishlatilgani tahlil qilinadi. Somatik iboralar orqali obraz ruhiyatini yoritish, ichki kechinmalarni jonlantirish, madaniy konnotatsiyani yetkazish, muallif uslubining eng asosiy belgilaridan biri sifatida ochib beriladi. Tadqiqot kognitiv lingvistika, stilistika va lingvopoetika yondashuvlari asosida olib boriladi. Maqola o‘zbek badiiy tilining individual uslubiy boyliklarini ochishda, frazeologik innovatsiyalarni tahlil qilishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Ushbu maqolada Sharof Rashidovning “G‘oliblar” asari asosida yozuvchiga xos individual frazeologizatsiya hodisasi chuqur o‘rganiladi. Muallifning asarida somatik frazeologik birliklarning o‘rni va ularning badiiy ifodadirishdagi ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Somatik frazeologizmlar – inson tanasi va hissiyotlariga aloqador bo‘lgan turg‘un iboralar – muallif tomonidan qanday badiiy va stilistik mahorat bilan ishlatilgani tahlil qilinadi. Maqolaning ahamiyati shundaki, u o‘zbek badiiy tilining individual uslubiy boyliklarini ochishda va frazeologik innovatsiyalarni tahlil qilishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Bu narsa badiiy adabiyot va tilshunoslik sohalarida yangi tushunchalar va yondashuvlarning rivojlanishiga hissa qo‘shadi.