POETIK VA MUALLIFLIK KORPUSINING XUSUSIYATLARI

##article.authors##

  • Sh. Hamroyeva
  • D. Maxammadiyeva

##article.subject##:

Korpus lingvistikasi, poetik korpus, mualliflik korpusi, ijodkorni tanlash asoslari, chastotali tahlil, tematik tahlil.

##article.abstract##

Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek tilshunosligining dolzarb yo‘nalishlaridan biri korpus lingvistikasi, xususan, poetik va mualliflik korpuslarining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf va Shavkat Rahmon ijodiga tayangan holda tuzilgan poetik korpus asosida lingvistik tahlil imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Poetik korpusning hajmi, tarkibi, tokenizatsiya va lemmatizatsiya jarayonlari, chastotali lug‘atlar tuzish va ularning tarjima, ta’lim, sun’iy intellekt tizimlarida qo‘llanilishi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, maqolada mualliflik korpusining adabiy til taraqqiyotini izchil yoritishdagi o‘rni, milliy-madaniy merosni raqamlashtirish, tizimlashtirish va tahlil etishdagi ilmiy va amaliy ahamiyati ilmiy asosda yoritiladi. Maqola korpus asosida o‘zbek adabiy tilining tarixiy taraqqiyotini chuqur o‘rganish zaruratini asoslab beradi.

Загрузки

##submissions.published##

2025-09-15