PRETSEDENTLIK FENOMENINING IJTIMOIY-MADANIY TAVSIFI
Аннотация
ANNOTATSIYA
Mifologik-diniy qarashlar umumjamiyatda turli dinlarning va mazkur dinlarga mansub kishilarning o‘zaro hamdo‘stlik munosabatida, e’tiqodidan qat’iy nazar, insoniy tushunchalarda mushtarak va hamfikr ekanliklarini ifodalaydi. Xususan, badiiy asar kontekstida keng qo‘llaniluvchi bir butun sistema sifatida davrdan davrga, asardan asarga ko‘chib kelayotgan universal pretsedent birliklarning ilk ibtidosi mifologik-diniy manbalarga borib taqalar ekan, bu kabi universal pretsedent birliklar estetik madaniyatning chuqur ildizlariga ega bo‘lib, insoniyat tarixi va kelajagida o‘ta muhim ahamiyat kasb etuvchi estetik madaniyatga aylanganligi kuzatiladi. Jamiyatda estetik madaniyatning badiiy adabiyot orqali mustahkamlanishi barobarida universal pretsedent birliklar millatlararo, adabiyotlararo, tillararo umumadaniy qadriyatlar, an’analarni insonlarning ongi va qalbiga yorqin singib borishini osonlashtiradi.
Kalit so‘zlar: ijtimoiy-madaniy qarashlar, lingvomadaniy hamjamiyat, kognitiv baza, lisoniy ong, badiiy matn, milliy pretsedent birliklar, universal pretsedent birliklar, logoepistema.