GYOTE SHE’RLARINING O’ZBEK TILIGA TARJIMA MUAMMOLARI TAHLILI

##article.authors##

  • Abduxalilova D.

##article.abstract##

ANNOTATSIYA

Adabiy aloqalarning eng ko‘p rivojlangan tarmog‘i bu millatlar va tilararo tarjimalardir. Zero, tarjimalar orqali bir millat madaniyati boshqa bir millat adabiyotiga kirib borib, uning adabiy boyligiga aylanadi. She’riyat turli adabiy turlar ichida ayniqsa she’riy asarlar tarjimalarida ekvivalentlikka erishish tarjima amaliyotining eng muammoli va dolzarb yo‘nalishi hisoblanadi.

          Mazkur tadqiqotimizdan maqsad Y.V.Gyote she’rlaridagi ekvivalentlik muammolarini tadqiq qilishdan iborat. Tadqiqotimiz vazifalari esa

1)tarjimadagi ekvivalentlik masalasini o‘rganib tahlil qilish;

2)Gyote ijodining o‘rganilish holatini va uning she’riyatida tarjima muammolarini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot davomida quyidagi natijalarga erishildi: she’riy asarlar tarjimasi tarjimashunoslikdagi eng dolzarb mavzulardan biri sanaladi. Gyotening kichik janrdagi she’rlari tarjimasi har bir davrda ham tahlil talab bo‘lib, o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi. Bu borada qilingan tadqiqotlar talaygina bo‘lsa ham, hali o‘rganilishi talab etiladigan muammolar ham ancha. Ushbu maqolada yuqoridagi muammolar tahlil qilinib, kerakli tavsiya va xulosalar beriladi.

Kalit so‘zlar: ekvivalentlik, transformatsiya, she’riyat, funksional muvozanat, strukturaviy muvozanat, tarjimon, asliyat.

Загрузки

##submissions.published##

2025-06-13