ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA “HIJRON” KONSEPTINING LISONIY VOQELANISHI

##article.authors##

  • Yandashova D.

##article.abstract##

ANNOTATSIYA

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ko‘plab sohalarda o‘zgarishlar bo‘layotganligi bilan bir qatorda, tilshunoslikda ham yangicha yo‘nalishlarga jiddiy to‘xtalib, ularning fanga kirib kelishi va amalda qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar, monografiyalar chop etilmoqda.  Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikning asosiy sohalaridan biri bo‘lgan lingvokulturologiyaning asosiy birligi hisoblangan madaniy konseptlar va ularning lisoniy voqelanishi borasida so‘z yuritilgan.  Konseptning bevosita til va madaniyatning kesishuvida paydo bo‘lganligi, xalqning milliy qarashlari asosida yuzaga kelganligi ma’lum.   Madaniy konsept mental birlik hisoblangani sababli uning turlari ham mavhum hisoblanadi. Madaniy konseptlardan aynan “hijron” konseptining Abdulla Oripov lirikasida qo‘llanilishi,  uning lisoniy voqelanishi haqida so‘z yuritilgan.  Madaniy  konseptning Abdulla Oripov she’riyatida ifodalanishi va ularning lingvomadaniy jihatlari tahlil qilingan. Mazkur maqolada konsept haqida chet el tilshunos olimlarining fikrlari, o‘zbek tilshunoslarining qimmatli fikrlari asosida “hijron” madaniy konsepti tahlil qilingan. Rus hamda o‘zbek tilshunos olimlarining konsept borasidagi tadqiqotlari, qimmatli fikrlari iqtibos sifatida keltirib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar: Individual uslub,  konseptual olam,  madaniy konsept,  tafakkur, konseptosfera, yadro, periferiya, lisoniy voqaelanish, madaniyat.

Загрузки

##submissions.published##

2025-06-13