SHEVAGA OID SO‘ZLARNING BADIIY MATN TALQINIDA TUTGAN O‘RNI (SOBIR O‘NAR ASARLARI MISOLIDA)
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Shevaga oid so‘zlar (dialektizm, jargon, argo, professional so‘zlar va boshqalar) badiiy matn talqinida muhim o‘rin tutadi. Shevaga oid so‘zlar badiiy asarga hayotiylik, jozibadorlik va chuqur ma’nolar qo‘shadi, ammo ularning muvozanatli ishlatilishi muhimdir. Sheva so‘zlari badiiy matnda haddan tashqari ko‘p ishlatilsa, matnni tushunish qiyinlashishi mumkin. Bu o‘rinda kontekst yordamida ma’noni aniqlash kerak, aks holda noto‘g‘ri talqin qilish holatlari yuzaga kelishi mumkin. Ushbu maqolada badiiy matnda dialektal birliklarning o‘rni, badiiy asar tilining ishonarliligi va ta’sirchanligini ta’minlashdagi vazifasi, ularning umumlingvistik mohiyatini aniqlash, shuningdek, individual o‘ziga xosliklarni ifodalovchi belgi xususiyatlari Sobir O‘nar asarlari misolida yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: badiiy matn, emotsional bo‘yoqdorlik, ekspressivlik, dialektizmlar, jargon, argo, professional so‘zlar