JAMIYATIMIZDAGI URF-ODATLARNING TARIXIY ASOSLARI VA ULARNING “ALPOMISH” DOSTONIDAGI IFODASI

##article.authors##

  • U. Jumanazarov

##article.abstract##

ANNOTATSIYA
Ushbu ilmiy maqolada “Alpomish” dostonidagi o‘zbek milliy ruhiyati va ba’zi urfodatlari, shuningdek, milliy-mentall qadriyatlarimiz bilan bog‘liq udumlar haqida so‘z yuritilgan. Sharq xalqlari, ayniqsa, musulmon bo‘lgan turkiy xalqlar orasida oilada bola tug‘ilganida unga ism (ot) qo‘yishga shoshilgan. Yetti kun to‘lguncha unga ism berilib, beshikka belangan. Chaqaloq nomi mullalar, eshonlar yoki islom ta’limotidan xabardor bo‘lgan mo‘tabar kishilar tomonidan tanlanib, qulog‘iga azon aytish orqali e’lon qilingan. Hozirgi kunlarda xalqimiz orasida ham bu odat bor, u hamon saqlanib qolingan. Xalqimizning milliy ruhiyati va ijtimoiy hayotidan mustahkam o‘rin olgan bu odatni bola-chaqalari unibo‘sgan, oila a’zolari bilan boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan, yoshi ulug‘ kishilar tomonidan amalga oshirishadi. Ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan bu odat millatimizning ulug‘ qadriyati sanaladi. Ushbu o‘zbekona urf-odat, merosimizning ildizi ajdodlarimiz ijodiy dahosining bebaho yodgorligi bo‘lgan “Alpomish” dostonida ham kuzatamiz.
Kalit so‘zlar: urf-odat, milliy ruhiyat, qadriyat, udum, millat, doston, suyunchi olish, ism qo‘yish, qulluq bo‘lsin, beshikkerti, to‘qqiz tovoq, qiz so‘ylatar, kampir o‘ldi, baqan tashlamoq.

Загрузки

##submissions.published##

2025-04-20

##issue.issue##

##section.section##

Статьи