TILSHUNOSLIKDA PERSONAJ LEKSEMASINING MA’NOSI VA GENEZISI
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada til sistemasida personaj leksemasining kelib chiqishi, “personaj” leksemasining izohli lugʻatlardagi ma’nosi va ta’riflari, tilshunoslikdagi talqinlari va personaj xarakterini yaratishda foydalanilgan turli lisoniy birliklar tahlilga tortilgan. Lisoniy birliklar yordamida personaj obrazini yaratishning ba’zi usullari – qahramon tashqi koʻrinishi tavsifi, dialog, ichki monolog, oʻxshatish va metafora, qahramonning ijtimoiy mavqeyi va ma’lumoti bilan bogʻliq lisoniy birliklar, takrorlarning qoʻllanishidagi oʻziga xosliklar haqida fikrlar bayon qilingan. Adabiy personaj leksemasining til tizimidagi ahamiyati uning badiiy asarning umumiy mazmuniga ta’siri haqida so‘z yuritiladi.
Maqolada badiiy asardagi lisoniy birliklar asosida yuzaga keluvchi personaj shaxsining xarakteri, tashqi koʻrinishi, motivlari, oʻzaro munosabatlari, evolyutsiyasi, ramziyligi kabi jihatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, personaj xarakterini yaratishda
qoʻllaniladigan asosiy usullar – lisoniy birliklar sanaladigan soʻz va iboralarni tanlash, hikoya qilish texnikasi, dialoglar, gap tuzilishi va atrof-muhit tavsifining mantiqan izchilligi va oʻziga xosligi haqida fikrlar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: personaj leksemasi, lisoniy birliklar, tavsif, dialog, ichki monolog, oʻxshatish, metafora, xarakter, tashqi koʻrinish, motivlar, oʻzaro munosabat, evolyutsiya, ramziylik.