O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA LINGVOSTATISTIK TAHLIL METODINING O‘RNI
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada o‘zbek tilshunosligida lingvostatistik tahlil metodining o‘rni, ularning vazifasi hamda mazkur sohada faoliyat yuritgan tilshunos olimlar tadqiqotlar tahlili haqida ma’lumotlar berilgan. Yozuvchining badiiy mahorati, san’atkorligini aniqlashda ham faqat intuitsiyagagina asoslanish yuqoridagi kamchilikning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Ayrim individning o‘z intuitsiyasi asosida olib borgan ishini dengiz qa’ridan mohir javohir teruvchi mehnatiga qiyos qilaylik. U qanchalik mohir bo‘lmasin, dengiz yoki daryo tagidagi javohirning hammasini to‘liq terib ola olmaydi, ko‘ziga ko‘rinib turgan katta-katta javohirlarni terib olsa-da, ko‘pgina mayda javohirlar, ayrim tosh yoki tuproq tagidagi ko‘zga tezdagina tashlana bermaydiganlari qolib ketadi. Ba’zan ana shu nazardan chetda qolgan mayda javohir ko‘zga aniq tashlanib turgan katta-katta javohirdan qimmatliroq, tozaroq bo‘lishi mumkin.
Kalit so‘zlar: Lingvostatistik tahlil, chastotali lug‘at, elektron matn, alfavitli, chastotali va ters lug‘atlar.