MORFOLOGIK TАKRORNING LINGVOPOETIK IMKONIYATLАRI
##article.abstract##
АNNОTATSIYA
Maqolada Fozil shoir dostonlari tilidagi morfologik takrorlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari hamda badiiy-estetik vazifalari haqidagi mulohazalar yuritilgan. Morfologik takror muayyan so‘zning ikki yoki undan ortiq misralarda takrorlanishi bilan bog‘liq stilistik usul sanaladi. Takrorning bu shaklida o‘zak uzv asos qilib olinadi. Tadqiq jarayonida Fozil shoirning dostonlari tilida takrorning morfologik shakllarining bir necha xil usullarda zohir bo‘lganligi aniqlandi.
Dostonlarda morfologik-parallel takroriy birliklarning shunday ko‘rinishlari ham borki, ijro jarayonida xalq baxshisi ulardan ham o‘z o‘rni bilan mohirona va maqsadli foydalana olgan. Matnlardagi to‘liq sintaktik qurilmalar ayrim tovush yoki so‘zlarning o‘zgarishi bilan takrorlangan va u funktsional vazifasiga ko‘ra dostonlar ijrosida muayyan darajadagi ifodalilikni kuchaytirish uchun xizmat qiladi.
Kalit soʼlar: shoir, baxshi, doston, takor, morfologik takror, stilistik figura.