ITALIYAN MAQOLLARIGA XOS GENDER QARAMA-QARSHILIKNING LINGVOMADANIY ASPEKTLARI
Аннотация
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola Italiya maqollarida gender qarama-qarshiligining lingvomadaniy tahliliga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ayol va erkak obrazlari o‘rtasidagi antonimik korrelatsiya semantik jihatdan tahlil qilinib, ularning madaniy va ijtimoiy kontekstdagi o‘rni ochib beriladi. Italyan maqollarida erkak va ayolning ijobiy hamda salbiy sifatlar bilan bog‘liq talqini, ular orqali jamiyatda gender stereotiplarining aks etishi va tarqalishi o‘rganiladi. Milliy-lingvistik va etnomadaniy oʻziga xoslik turli xalqlarning maqol fondiga xosdir. Bu nafaqat til va madaniy intensivlikka bogʻliq, balki ma’lum bir xalq tili va madaniyatining tashqi tillar ta’siriga qanchalik bogʻliqligi, ularning oʻzaro ta’siri, lingvistik va madaniy assimilyatsiyaga duch kelishiga ham bog‘liq albatta. Maqolada lingvistik va madaniy yondashuvlar asosida maqollar tarkibidagi gender qarama-qarshiliklar tahlil qilinib, ularning tarixiy va ijtimoiy ildizlariga e’tibor qaratiladi. Ushbu tadqiqot Italyan tilidagi maqollarni lingvomadaniy nuqtayi nazardan o‘rganish bilan birga, gender aspektini ochib berishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: Gender qarama-qarshiligi, antonimik korrelatsiya, gender stereotiplari, ayol va erkak obrazlari, xalq maqollari, gender neytrallik.