MATN MODALLIGI REFERENSIYA RAKURSIDA
Abstract
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada matn referensiyasining o‘ziga xosligi va matn referentiv modalligining harakat mexanizmi muhokama etiladi. Referensiya masalasi doimo gap yoki fikr darajasi doirasida muhokama qilib kelingan. Shuning uchun ham mazkur maqolada matnlar keng semiotik indeksal maydonning boshlang‘ich nuqtasi sifatida xizmat qilishi ochib berilgan. Xususan, referentiv modallik matn kognitiv komponentlarining kvalifikatorlari sifatida xizmat qilishi, uning asosiy mexanizmi esa xronologik, topologik va personallik maydoni singari semantik-pragmatik maydondan iborat ekanligi bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: matn modalligi, referensiya, intensiya, intersubyektiv mavjudlik, retsipient, matn subyektivligi, indeksal mexanizm, kontekstualizatsiya vektori.