TOPISHMOQLARNING TASNIFI VA TIL XUSUSIYATLARI TAHLILI
Аннотация
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola topishmoqlarning turli tasnifi va ularning til xususiyatlariga oid chuqur tahlilni oʻz ichiga oladi. Topishmoqlar nafaqat ogʻzaki ijodning muhim jihati sifatida xalq madaniyatida oʻrin egallaydi, balki til va adabiyot rivojida ham katta ahamiyatga ega. Maqolada,avvalo, topishmoqlarning umumiy tushunchasi va ularning xalq ijodidagi oʻrni, shuningdek, tarixiy rivojlanishi koʻrib chiqiladi. Keyingi boʻlimlarda topishmoqlarning mavzuiy tasnifi, ularning lingvistik va badiiy vositalari, shuningdek, zamonaviy tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlili berilgan. Ushbu tahlil topishmoqlarning mazmuniy va shakliy jihatlarini ochib berish, oʻziga xos xususiyatlarini yoritishga qaratilgan. Shuningdek, topishmoqlarning xalq tilidagi oʻziga xos funksiyasi va zamonaviy tadqiqotlarda tutgan oʻrniga e’tibor qaratiladi.
Kalit soʻzlar: topishmoq, tarixiy rivojlanish, nasriy topishmoq, she’riy topishmoq, madaniy meros.