KONSEPT VA KONSEPTOLOGIYA KOGNITIV TILSHUNOSLIKNING AJRALMAS QISMI SIFATIDA
##article.abstract##
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada antropotsentrik paradigma asosida shakllanib kelayotgan kognitiv tilshunoslik hamda unga doir bo‘lgan “konsept”, “konseptologiya” tushunchalari, ularning o‘z sohasi doirasidagi ahamiyati haqida so‘z boradi. Qolaversa, konsept tushunchasiga tilshunoslar tomonidan berilgan ilmiy-nazariy qarashlari asosdiagi ta’riflar, konseptosferaning tarkibiy tuzilmasi, muloqotning kommunikativ, intearktiv va perseptivlik jarayonlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kuzatishlardan ma’lum bo‘ladiki, konsept kognitiv tilshunoslikning asosiy kategoriyalaridan biri bo‘lib, u olamni kishining tafakkur doirasida tasvirlab tushunadigan hodisa. Konseptosfera esa aynan o‘sha konseptlarning jamlanmasidan hosil bo‘ladigan, bir so‘zga tegishli bo‘lgan konseptlarning hammasini qamrab oluvchi mental butunlik sanaladi. Ikkala tushuncha ham tilning mentalingvistik bosqichida aniqlanadigan hodisalar sifatida ko‘plab olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Maqolada ushbu tadqiqotlarda keltirilgan ta’riflarga ham to‘xtalib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: konsept, konseptologiya, antropotsentrik paradigma, kopmmunikativ, interaktiv va perspektiv jarayonlar.