O‘QIB TUSHUNISH KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRUVCHI TOPSHIRIQLAR TUZISHDA MATN TURLARIDAN FOYDALANISH
Abstract
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda matn turlaridan samarali foydalanish masalalari yoritilgan. Shuningdek, maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini o‘stirish uchun turli matnlardan qanday foydalanish mumkinligi ko‘rib chiqiladi. Bolalarga qiziqarli va tushunarli bo‘lgan matnlar yordamida ularning o‘qish va fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish usullari tahlil qilinadi. Matn turlarining xususiyatlarini o‘rganish va ular asosida o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlar tuzish usullari keltirilgan. Qolaversa, ilmiy, adabiy va ommabop matnlar asosida topshiriqlar tuzishning metodik jihatlariga e’tibor beriladi.
Kalit so‘zlar: o‘qib tushunish, matn turlari, topshiriqlar, ta’lim usullari, analitik fikrlash.