ZOOSIMVOLLAR LISONIY VOQЕLANISHI: RAMZIYLIK, MOTIVATSIYA BAZASI VA ETOLOGIK YONDASHUV
Abstract
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada zoosimvollarning lisoniy ifodalanish xususiyatlari kognitiv, semiotik va etnolingvistik jihatdan o‘rganilib, ularning ramziylik mezonlari tadqiq qilinadi. Zoonimlar ishtirokida shakllangan ramziy ma’nolar, ularning semantik taraqqiyoti va badiiy-tasviriy obrazlar bilan uzviy aloqasi tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Maqolada zoosimvollarning milliy-madaniy asoslari, ularning arxetipik timsollar sifatidagi maqomi va turli til vositalaridagi ma’no yo‘nalishi tadqiq etiladi. Shuningdek, zoosimvollarning etologik (hayvonlar xulq-atvoriga oid) ildizlari, ularning inson tafakkuridagi kognitiv tasnifi hamda antropomorfik va metaforik xususiyatlari ochib beriladi.
Tadqiqot natijalari zoosimvolik birliklarning tildagi mazmun mexanizmlari, ularning antropotsentrizm va konseptual metafora nazariyasi asosida shakllanishi, shuningdek, milliy tafakkur va ma’naviy qiymatlar bilan bog‘liqligi mavjudligini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar: zoosimvol, Tinbergenning etologik yondashuvi, instinkt, ontogenez, filogenez, tasviriy vositalar, metafora, o‘xshatish